Buxoroda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 96 ball bilan oliy toifani himoya qildi

Buxoroda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 96 ball bilan oliy toifani himoya qildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

3–7-noyabrga qadar mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

 

Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 38-umumta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Iqlima Murodova 96 ball to‘pladi. Bu haqda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

 

Iqlima Murodova attestatsiyada oliy malaka toifasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 70 foizlik qo‘shimcha ustamaga ega bo‘lgan.

 

Avvalroq, respublika bo‘ylab yuqori natijani qo‘lga kiritgan pedagoglar ro‘yxati ma’lum qilingandi.