Toshkentda talaba yashayotgan uyda giyohvandlik vositalari topildi

Toshkentda talaba yashayotgan uyda giyohvandlik vositalari topildi

Toshkent shahrida bir guruh talabalar giyohvand moddalarni “zakladka” usuli orqali tarqatishda gumonlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida 1999-yilda tug‘ilgan talaba istiqomat qilayotgan xonadonda giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tariqasida hujjatlashtirib olingan.

 

Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan talabalar o‘zaro til biriktirib, Yakkasaroy tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida giyohvand moddalarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Aniqlanishicha, mazkur shaxslar bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalarining yuqori bosqich talabalari bo‘lishgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.