2025-yil yanvar-sentyabr oyida maktablarda yaratilgan o‘quvchi o‘rinlari soni ma’lum bo‘ldi

2025-yil yanvar-sentyabr oyida maktablarda yaratilgan o‘quvchi o‘rinlari soni ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar—sentyabr oylarida mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda jami 8 896 ta o‘quvchi o‘rni foydalanishga topshirilgan.

 

Ularning hududlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

 

— Samarqand viloyati – 4 640 ta;

— Jizzax viloyati – 1 680 ta;

— Andijon viloyati – 720 ta;

— Navoiy viloyati – 636 ta;

— Surxondaryo viloyati – 540 ta;

— Buxoro viloyati – 360 ta;

— Namangan viloyati – 320 ta.

 

Mazkur ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Bu hududda jami o‘quvchi o‘rinlarining yarmi (52 foizdan ortig‘i) tashkil etilgan. Bu, o‘z navbatida, viloyatda aholining yoshlar ulushi ko‘pligi va yangi o‘quv maskanlariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatadi.

2024-yil yakunlari bilan solishtirganda respublika bo‘ylab ishga tushirilgan umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchi oʻrni 293 344 tani tashkil etgan.

 

Shuningdek, ularning qishloq joylardagi oʻquvchi oʻrni 214 087 tani tashkil etgan.

 

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsa, eng ko’p o‘quvchi o’rnini Qashqadaryoda 36 758 ta, Fargʻonada 32 472 ta va Samarqand viloyatida 32 390 tani tashkil etgan. Eng kam o’quvchi Jizzaxda 9 858 ta, Navoiyda 7220 ta va Sirdaryo viloyatida esa 7 010 ta ekanligini ko’rish mumkin.

 

Ularning hududlar kesimida quyidagicha:

 

— Qashqadaryo viloyati – 36 758 ta;

— Fargʻona viloyati – 32 472 ta;

— Samarqand viloyati – 32 390 ta;

— Surxondaryo viloyati – 30 357 ta;

— Andijon viloyati – 26 376 ta;

— Namangan viloyati – 25 739 ta;

— Toshkent viloyati – 23 628 ta;

— Toshkent shahri – 22 566 ta;

— Xorazm viloyati – 13 263 ta;

— Buxoro viloyati – 12 900 ta;

— Qoraqalpogʻiston Resp. – 12 807 ta;

— Jizzax viloyati – 9 858 ta;

— Navoiy viloyati – 7220 ta;

— Sirdaryo viloyati – 7 010 ta.

 

Avvalroq, 2025-yilning yanvar—sentabr oylarida respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 440 ta o‘rin foydalanishga topshirilganligi haqida xabar bergan edik.