“Mening maktabim” loyihasi ochiq byudjet rekordini yangiladi

“Mening maktabim” loyihasi ochiq byudjet rekordini yangiladi

Xabringiz bor, “Mening maktabim” loyihasining 2025/26 o‘quv yilidagi birinchi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 22-31 oktyabr kunlari maktab o‘quvchilaridan o‘z maktabini qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha jami 112 272 ta loyiha kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu ko‘rsatkich bilan, “Ochiq budjet” portalida o‘tkazib kelinayotgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlaridagi rekord yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik, shuningdek, o‘quvchilarni loyihada qatnashishga rag‘batlantirish uchun “Eng qiziqarli loyiha” tanlovini ham e’lon qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘plab o‘quvchilar interaktiv sensorli panel, raqamli mikroskop va sport jihozlari kabi ta’lim bilan bog‘liq takliflarni ilgari surgan bo‘lsa, ayrimlar maktab uchun virtual ko‘zoynaklar va robototexnika to‘plami sotib olishni taklif qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Musiqa xonasi uchun pianino olish yoki maktab hududida katta shaxmat maydoni qurishni so‘rayotganlar ham bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, portalda sinfxona uchun zamonaviy parta, kiyim javon, suvdon (kuler), jo‘mrak uchun mo‘ljallangan suv isitkich kabi takliflarni ham ko‘rish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Barcha loyihalar 1-10 noyabr kunlari saralanadi, saralashdan o‘tganlari 11-20 noyabr kunlari ovoz berish bosqichiga o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ovoz berishda faqatgina maktab o‘quvchilari o‘z maktabi bo‘yicha kiritilgan takliflarga ovoz bera oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu tariqa, “Mening maktabim” loyihasi o‘quvchilarda tashabbuskorlik, liderlik va jamoa bo‘lib ishlash sifatlarini shakllantiradi, davlat budjeti haqidagi tasavvurlarini amaliy tarzda boyitadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eng ko‘p ovoz olgan takliflar ro‘yobi uchun har bir maktabga mahalliy budjetdan 62 mln so‘mdan pul ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy mavsumda 112 ta tumandagi maktablar qatnashyapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qolgan tumanlar dekabr oyida bo‘ladigan ikkinchi mavsumda ishtirok etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠