Hukumatning 2025-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 662-sonli qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 823-sonli qaroriga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga ko’ra, pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ballar beriladi. Jumladan,
– mutaxassis malaka toifasi uchun – 0 ball;
– ikkinchi malaka toifasi uchun – 5 ball;
– birinchi malaka toifasi uchun – 10 ball;
– oliy malaka toifasi uchun – 20 ball beriladi.
Shuningdek, direktor jamgʻarmasini tashkil etishning maqsad va vazifalariga quyidagi qoʻshimchalar qoʻshildi:
– oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish;
– umumtaʼlim muassasasining direktori va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra har oylik ustamalar toʻlash;
– umumtaʼlim muassasalarida tashkiliy etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan oʻqituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik toʻlov toʻlash belgilandi.
Bundan tashqari:
– o‘quvchilarning choraklik baholarining o‘rtacha qiymati – 5 ball;
– ‘‘Fan olimpiadasi’’ va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarning tuman (shahar) bosqichida o‘quvchisining ishtiroki – 25 ball;
– tanlov va boshqa tadbirlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ishtiroki – 25 ball;
– o‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi – 15 ball;
– pedagogik ish staji – 10 ball;
– sinf rahbarligi yuklatilganligi – 5 ball;
– malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi – 10 ball;
– sinfdan tashqari ishlar – 10 ball;
– o‘qituvchining malaka toifasi uchun bahosi – 20 ball.
Jami: 100 ball.
1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
|
T/r |
Koʻrsatkichlar* |
Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha taʼrifi, uning natijalari (samaradorligi), qoʻllanilayotgan shakli va uslubi, oʻtkazilgan mashgʻulotlarning soni, oʻquvchilar qamrovining oʻrtacha soni |
Reyting bahosi |
|||
|
Maksimal ball |
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar |
Koʻrsatkichlar |
||||
|
1. |
Oʻquvchilarning choraklik baholarining oʻrtacha qiymati |
Oʻqituvchi dars oʻtayotgan sinflardagi oʻquvchilarning choraklik oʻrtacha baholari oʻzlashtirishning sifat (“4” va “5” baho (yangi baholash tizimida 66 — 100 ball)) koʻrsatkichi asosida aniqlanadi |
5 |
3 |
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 56 — 70 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 56 — 65 foizini tashkil etganda |
|
|
4 |
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 71 — 85 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 66 — 80 foizini tashkil etganda |
|||||
|
5 |
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 86 foizi va undan yuqorini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 81 foizdan yuqorini tashkil etganda |
|||||
|
2. |
“Fan olimpiadasi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki ** |
Oʻquvchilarining olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari asosida baholanadi |
25 |
5 |
Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, oʻquvchilari eng quyi gʻolib koʻrsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni koʻrsatganda |
|
|
10 |
Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, oʻquvchilari eng quyi gʻolib koʻrsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni koʻrsatganda |
|||||
|
25 |
Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari 1-, 2-, 3-oʻrinlarni (shuningdek, toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro fan olimpiadalaridan ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni) egallaganda |
|||||
|
3. |
Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ishtiroki*** |
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi |
25 |
5 |
Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda |
|
|
10 |
Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda |
|||||
|
25 |
Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda |
|||||
|
4. |
Oʻqituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi |
Oʻqituvchi ish faoliyati maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi (oʻqituvchining faoliyati baholash davriga nisbatan soʻnggi 3 yillikda ommalashtirilganligi) |
15 |
5 |
Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda |
|
|
8 |
Ish tajribasi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilganda |
|||||
|
10 |
Ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilganda |
|||||
|
15 |
Ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilganda |
|||||
|
5. |
Pedagogik ish staji |
Taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab baholanadi |
10 |
4 |
pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha |
|
|
7 |
pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha |
|||||
|
10 |
pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori |
|||||
|
6. |
Sinf rahbarligi |
Sinf rahbarligi yuklatilganligi |
5 |
0 |
Sinf rahbarligi yuklatilmagan boʻlsa |
|
|
5 |
Sinf rahbarligi yuklatilgan boʻlsa |
|||||
|
7. |
Malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi |
Reja asosida |
10 |
0 |
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan boʻlsa yoki qatnashgan boʻlsada, kurslar yakuniga koʻra yakuniy attestatsiyadan oʻta olmagan va tegishli sertifikatga ega boʻlmasa |
|
|
10 |
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa **** |
|||||
|
8. |
Sinfdan tashqari ishlar***** |
Oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va sanʼatga qaratilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borish |
10 |
3 |
Kreativlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotokoʻrgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari va boshqalar) tashkil etgan boʻlsa |
|
|
5 |
Oʻquvchilarda mustaqil fikr yuritish, mulohaza bildirish, tanqidiy va tahliliy yondashish koʻnikmalarini rivojlantiruvchi loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borsa |
|||||
|
10 |
Oʻquvchilarni izlanishga undovchi qoʻshimcha mashgʻulotlar (oʻquv yili davomida iqtidorli va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan) olib borsa |
|||||
|
9. |
Oʻqituvchining malaka toifasi bahosi |
Taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimning amaldagi malaka toifasiga qarab baholanadi |
20 |
0 |
Mutaxassis lavozimida boʻlsa |
|
|
5 |
Ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlsa |
|||||
|
10 |
Birinchi malaka toifasiga ega boʻlsa |
|||||
|
20 |
Oliy toifa malaka toifasiga ega boʻlsa |
|||||
|
MAKSIMAL BALL: |
100 |
|||||
Oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi. Faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan fan olimpiadalari va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar inobatga olinadi.

