Xabaringiz bor, joriy yilning 21-oktyabridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan vaqt davomida malaka toifa sinovlari boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlum sabablarga koʻra, mazkur sinov kunlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Xususan:
➖ 29-oktyabr kuni kimyo, fizika fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari — 12-noyabrda (1 kun);
➖ 11-12-noyabr kunlari qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari — 13-14-noyabrda (2 kun) oʻtkazilishi belgilandi.
