Navbatdagi chet tili imtihoni sanasi e’lon qilindi

Navbatdagi chet tili imtihoni sanasi e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

 

 

– imtihonning yozma qismi — 18-19-oktyabr kunlari;

 

– gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-24-, 27-31-oktyabr va 3-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

 

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

 

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

 

Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-10-14-21

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish