IC3 Digital Literacy Certification bu — xalqaro darajada tan olingan raqamli savodxonlik sertifikati bo‘lib, foydalanuvchining kompyuter va internetdan foydalanish bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlaydi.
IC3 imtihonlarining koʻplab versiyalari bor boʻlib, hozirda IC3 Digital Literacy GS5 versiyasini topshirish imkoniyati mavjud.
IC3 Digital Literacy GS5 imtihonini rus yoki ingliz tilida topshirishi mumkin.
IC3 Digital Literacy GS5 imtihoni 3 asosiy moduldan iborat:
1. Computing Fundamentals (Hisoblash texnologiyalari asoslari);
2. Key Applications (Asosiy amaliy dasturlar);
3. Living Online (Internetda samarali faoliyat yuritish).
Mazkur imtihon 1000 balli tizim boʻyicha baholanadi va har bir moduldan 700 va undan yuqori ball toʻplash talab qilinadi.
Har bir modul 45 ta savoldan iborat va har bir modulni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt beriladi. Modullar bir-biriga bogʻliq emas, shu sababli har bir modulni alohida topshirish imkoniyati ham bor. Qaysidir moduldan 700 dan kam ball olinsa, oʻsha modulni alohida qayta topshirish mumkin (ammo oʻsha kuni emas).
Imtihonga mustaqil ravishda yoki maxsus kurslar yordamida tayyorlanish mumkin. Hozirgi paytda biz tayyorlov kurslarini taqdim etmaymiz va biror bir kurs yoki oʻquv markazini ham tavsiya qila olmaymiz. Shu bois oʻqituvchilarga oʻzlariga qulay boʻlgan manbalar orqali tayyorlov kurslari va materiallarini mustaqil tanlab oʻrganishlarini tavsiya qilamiz.
Sertifikat narxi
IC3 Digital Literacy GS5 imtihoni uchun toʻlov — 180 AQSh dollari. Har bir modul uchun toʻlov — 60 AQSh dollari (toʻlovlar rasmiy kurs boʻyicha oʻzbek soʻmida amalga oshiriladi).

