Toshkentda o‘qituvchi 200 AQSh dollari pora olgani uchun qamoqqa olindi

2024-yil yanvar oyida Sergeli tumanidagi maktab o‘qituvchisi 200 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

 

“Millar” dasturi tarqatgan xabarga ko‘ra, u boshqa fuqaroga o’zi ishlagan maktabda yuqori lavozimni va’da qilgan.

 

Faoliyatim davomida bu birinchi marta sodir bo’ldi. Bunday ishlarga o‘z ixtiyorim bilan aralashganman. Bunday holat avval hech qachon sodir bo’lmagan, bu birinchi va oxirgisi. Chuqur afsusdaman va barchadan uzr so’rayman, – deya o‘z harakatlarini izohlagan o‘qituvchi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli sudida o‘qituvchiga 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, u 1 yil muddatga davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan ham mahrum etilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры