Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi maktabda 4-sinf o‘quvchi qizni besh nafar sinfdoshi tomonidan kaltaklangani tasvirlangan video tarqaldi.
Jabrlanuvchini onasining so‘ziga ko‘ra, o‘quvchilar qizning ko‘krak sohasi va bel qismiga tepishgan, natijada u og’ir tan jarohatlari olgan.
Qizning oilasi bu holat yuzasidan maktab rahbariyatiga murojaat qilgan, biroq, ma’muriyat hodisaga aloqador o‘quvchilar va mas’ul pedagoglarga nisbatan yetarli chora ko‘rilmagan.
Ma’lum qilinishicha, dastlab ikki nafar o‘quvchini maktabdan chetlashtirish va’da qilingan, lekin oradan biroz vaqt o‘tib, ular yana sinfga qaytarilgan.
