9-sinf o‘quvchilari ‘‘Temurbeklar maktabi’’ harbiy-akademik litseyiga 15-oktyabrgacha ariza topshirishlari mumkin

9-sinf o‘quvchilari ‘‘Temurbeklar maktabi’’ harbiy-akademik litseyiga 15-oktyabrgacha ariza topshirishlari mumkin

Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida o’qimoqchi bo’lgan umumta’lim maktablarining 9-sinfida o’qiyotgan o’quvchilar 2025-yil 5-sentyabrdan 15-oktyabrgacha ariza topshirishlari mumkin.

 

 

‘‘Temurbeklar maktabi’’ bitiruvchilariga oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda o‘tkaziladigan test sinovlarida o’zlari to’plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa OTM ga o’qishga kirishda o’zlari to’plagan ballarining 15 foizi miqdoridagi qo’shimcha ballar ko’rinishida imtiyoz beriladi.

 

 

Ushbu maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibi ‘‘Temurbeklar maktabi’’ bo’lgan vazirlik va idoralarning tegishlilik bo’yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz harbiy kasbiy saralash tadbirlarini muvafaqqiyatli o’tish natijalari bo’yicha kirish huquqi beriladi.

 

 

Arizalar 2025-yil 5-sentyabrdan 15-oktyabrgacha  www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi.

 

 

Harbiy-akademik litseyda 5 ta kafedra mavjud. Bular:

 

 

– psixologiya va tarbiya;

 

– ijtimoiy fanlar;

 

– filologiya fanlari;

 

– aniq va tabiiy fanlar;

 

– kasbiy amaliy fanlar.

 

 

Shuningdek, joriy o‘quv yilidan boshlab grantlar qayta taqsimlanishni boshlaydi. Ya’ni, yaxshi o’qigan talabalar grantga chiqadi, yomon o’qiganlar kontraktga tushadi. Prezident farmonida ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etilishi belgilangan.