Hukumatning 1994-yil 29-sentyabrdagi 490-son qaroriga ko’ra, tibbiyot oliygohlarining professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
Nizomning 3-ilovasiga ko’ra, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-oʻqituvchilariga sogʻliqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza boʻlgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi:
– kafedra mudirlari, professorlar va dotsentlarga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
– assistentlarga — lavozim maoshining 25 foizi miqdorida.
Shu toifadagi xodimlarga — bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qoʻllovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qoʻshimcha toʻlovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.
