Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2025-yil 22-sentyabr kungi 02/10-4/1-8393-sonli xati e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-maydagi 168-sonli buyrug‘i bilan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Unga ko’ra, 60540100-Matematika, 60540200-Amaliy matematika, 60530500-Fizika, 60530100-Kimyo, 60510100-Biologiya, 60530200-Geografiya, 60220300-Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-, 4-bosqichida tahsil olayotgan talabalar va ushbu ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Malaka talablariga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkin.

