Ertadan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi

Ertadan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.

Unga ko’ra, 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi. 

Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

Quyidagi rasmlarda yoʻnalishlar kesimida qancha maqsadli qabul kvotasi ajratilganligi koʻrsatilgan: