“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi va uchinchi bosqich baholash mezonlari tasdiqlandi

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi va uchinchi bosqich baholash mezonlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 29-avgustda umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini saralash bosqichi uchun Tashkiliy qoʻmita, apellyatsiya komissiyasi, hakamlar hayʼati tarkibi hamda baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 318-son buyrugʻi qabul qilingan.

 

 

Mazkur buyruqqa asosan “Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni bilish darajasi hamda asarlar boʻyicha bilimini baholash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati” tasdiqlandi.

 

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi va uchinchi bosqich baholash mezonlari tasdiqlandi

 

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

 

birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;

 

 

Tanlovning birinchi bosqichi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida har ikki yilda bir marta avgust-dekabr oylarida tashkil etiladigan malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) oʻtkaziladi.

 

 

Bunda malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻiga (shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:

 

-mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball (35*3,1=108,5 ball);

 

-pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball (10*2,1= 21 ball);

 

-kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball (5*1,1=5,5 ball) beriladi.

 

Birinchi bosqichda jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 135 ball

 

 

Har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

 

 

Tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

 

 

– nomzodning amaldagi malaka toifasi yuqoriligi;

 

– koʻp yillik pedagogik ish stajiga egaligi;

 

– mutaxassislik fanidan yuqori ball toʻplagani;

 

– yuqoridagi barcha holatlarda ham ballar teng kelib qolgan taqdirda, istisno tariqasida, nomzodlarning barchasi ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi.

 

 

ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;

 

Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 2-bosqichi baholash mezonlari tasdiqlangan.

 

Faylni yuklash

 

 

uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.

 

Shuningdek, buyruqqa asosan umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan ‘‘Yil o‘qituvchisi’’ tanlovining 3-bosqich baholash metodikasi tasdiqlangan.

 

Faylni yuklash 

 

 

Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktyabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

 

 

Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti (taxminan 45 ming AQSH dollari) bilan taqdirlanadi.

 

Endi toifa testlarida qayd etilgan yuqori natijalar orqali quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin:

 

1. Amaldagi malaka toifasini oshirish yoki tasdiqlash ( bu orqali keyingi besh yil davomida majburiy attestatsiyadan ozod qilinish hamda yuqori toifa boʻyicha oylik olish);

 

2. Keyingi 2 yil davomida 70 foizlik ustama olish ( agarda 86 va undan yuqori ball toʻplab Oliy yoki birinchi toifa olinsa yoki saqlansa);

 

3. Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalar (9 oy davomida oyiga 1271000*5,5= 6 mln 990 ming soʻmdan jami 62 mln 914 ming 500 soʻm) uchun oʻtkaziladigan saralashning birinchi bosqichidan oʻtgan hisoblanish ( bu uchun esa oʻz fani boʻyicha oʻtkazilgan toifa testlarida oʻz viloyatida oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori oʻrinlarda boʻlish);

 

4. Sovrini 576 mln. soʻmlik “Yil oʻqituvchisi” koʻrik tanlovining birinchi bosqichidan oʻtgan hisoblanish (bu uchun esa toifa testlarida oʻz tumanidagi barcha oʻqituvchilar orasida 1-3 oʻrinlarda boʻlish).