Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi

Ayni paytda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani davom etmoqda.

 

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti.

 

Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi.