‘‘Kelajak’’ markazlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

‘‘Kelajak’’ markazlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Prezidentning joriy yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq respublika ‘‘Kelajak’’ markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) ‘‘Kelajak’’ markazlarining asosiy vazifalari belgilangan.

 

 

Bunda:

 

– maktabdan tashqari ta’lim tizimiga o’quvchilarni keng jalb qilish, o’qitishning mazmun va sifatini oshirish maqsadida zamonaviy hamda innovatsion yondashuv asosida to’garaklarni tashkil etish hamda ularning faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish;

 

– bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barqaror, samarali va inklyuziv muhit yaratish. ularda yetakchilik, jamoada ishlash, faol fuqarolik, ijtimoiy mas’uliyat va kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish, ilmiy, texnik va raqamli savodxonlikni amalga oshirish;

 

– o’quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularni Vatanga sadoqat, madaniy meros hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

 

– ta’lim tashkilotlarida xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda to’rt bosqichda (maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda) ‘‘ijtimoiy-emotsional ta’lim’’ modeli asosidagi loyihalarni amalga oshirish;

 

– ta’lim tashkilotlarida ‘‘Kelajak’’ nomi asosida tarbiyaviy-axloqiy, ma’naviy-mafkuraviy va ijtimoiy-kommunikativ yo’nalishlarda o’quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan hamda ekologik va madaniy loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

 

 

2025-yil 1-oktyabrdan tegishli viloyatlar va Toshkent shahri bolalar kutubxonalarining 182 ta shtat birligi ‘‘Kelajak’’ markazlariga o‘tkaziladi. Tuman (shahar) ‘‘Kelajak’’ markazlariga markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat ko’rsatish to’xtatiladi hamda tuman (shahar) ‘‘Kelajak’’ markazlariga ajratilgan shtat birliklari doirasida buxgalter lavozimi joriy etiladi.

 

 

Shuningdek, ‘‘Kelajak’’ markazlarini saqlash bilan bog’liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.