Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Bunda:
Abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
Oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.