Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻiga asosan, oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari oʻquvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi.
Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:
1. Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;
2. Oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;
3. Ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;
4. Tibbiy maʼlumotnoma;
5. Baholar tabeli (10-11-sinf oʻquvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma).
Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi.
Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jild hujjatlari oʻquvchi maktabni tamomlaganidan soʻng 3-yil muddatda maktabda saqlanadi.