Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy) Young Economic Forum dasturini e’lon qiladi. Forum 2025-yil 9–11 noyabr kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. Dastur butun dunyodan olimlar, talabalar, yosh yetakchilar, iqtisodchilar va siyosatchilarni bir joyga jamlaydi.
Forum mavzulari:
Global iqtisodiy trendlar va kelajakdagi muammolar;
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya;
Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot;
Iqtisodiy chidamlilik va inqirozni boshqarish;
Yoshlar iqtisodiy siyosat va taraqqiyotning boshqaruvchilari sifatida;
Shimol-janub hamkorligi va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya.
Qatnashish turlari:
Xarajatlari to‘liq qoplanadigan kategoriya – barcha xarajatlar forum tomonidan qoplanadi.
Xarajatlari qisman qoplanadigan kategoriya – ishtirokchilar $699 badal puli to‘laydi.
Dasturga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 24-sentyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
– 16–45 yoshdagilar;
– iqtisodiy rivojlanish va siyosiy shakllantirish sohasiga qiziquvchilar;
– talabalar, xodimlar, yosh yetakchilar va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari.
To‘liq xarajat qoplanadigan kategoriya ishtirokchilarini tanlash mezonlari:
Ariza sifati (aniqlik va mazmun)
Ta’lim va ish tajribasi
Yoshlar bilan ishlash va yutuqlar
Ijodiy loyiha va muloqot ko‘nikmalari
Intervyu va ijtimoiy harakat rejalari.
Forumda qatnashishning foydali tomonlari:
Xarajatlari to‘liq qoplanadigan kategoriya uchun ($16,99):
Forumga taklif xati
Oziq-ovqat
Yo‘l chiptasi va transport xarajatlari
3 kunlik turar-joy
Forum uchun kerakli buyumlar
Loyiha hamkori
Mentorlik va iqtisodchilar bilan tashriflar
Ishtirok sertifikati
Amaliyot imkoniyati
10 haftalik virtual kurs granti
Bitiruv nishoni
Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun ($699):
Forumga taklif xati
Oziq-ovqat
3 kunlik turar-joy
Forum uchun kerakli buyumlar
Loyiha hamkori
Mentorlik va iqtisodchilar bilan tashriflar
Ishtirok sertifikati
Amaliyot imkoniyati
10 haftalik virtual kurs granti
Bitiruv nishoni
Keyingi forumlarda qisman grant (Jeneva, Singapur, AQSh)
Hujjat topshirish:
Dasturga ikki kategoriya boʻyicha ariza topshirish mumkin boʻlib, xarajatlari qoplanadigan kategoriya uchun $16,99, xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun esa $699 badal puli mavjud.
Xarajatlari toʻliq qoplanadigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
Eslatma! Dastur uchun toʻlangan badal puli dastur maʼmuriyati tomonidan qaytarib berilmaydi.
