Rasman: 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli boshlandi

Rasman: 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli boshlandi

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

 

Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:

 

Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.

 

Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.

 

O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.

 

Kimlar tavsiyanoma olishi mumkin?

 

o’rta ma’lumotli;

 

OTMda o’qimagan;

 

5 yil staji borlar.