Oʻqituvchi bir yilda necha marta moddiy yordam olishi mumkin?

Oʻqituvchi bir yilda necha marta moddiy yordam olishi mumkin?

Umumta’lim muassasalarida ishlovchi o‘qituvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 33-bandiga ko‘ra, moddiy yordam umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va rahbarlari uchun quyidagi hollarda ko‘rsatiladi:

 

—o‘qituvchining o‘zi og‘ir kasallikka chalinganda;

 

—uning yaqin qarindoshi (ota, ona, turmush o‘rtog‘i yoki farzandi) og‘ir kasallikka chalinganda;

 

—xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda;

 

—oila a’zosining vafoti holatida.

 

Yil davomida nechta yordam olish mumkin?

 

Kalendar yili davomida moddiy yordam berilish soni bo‘yicha cheklov qo‘yilmagan. Ya’ni, bir nechta vaqtlarda yordam so‘ralishi mumkin.

 

Biroq, yordam pulining jami summasi o‘qituvchining tarif stavkasining ikki barobaridan oshsa bo‘lmaydi.

 

Agar o‘qituvchi yil davomida og‘ir kasallikka chalingan bo‘lsa va unga tarif stavkasi miqdorida moddiy yordam berilgan bo‘lsa, so‘ngra uning yaqin qarindoshi og‘ir kasallikka chalingan holatda yana xuddi shunday miqdorda yordam olish mumkin. Biroq, agar har ikki holatda bir yilda jami summasi ikki tarif stavkasidan oshsa, qoshimcha yordam berilmaydi.

 

Moddiy yordam necha marta olinishi chegaralanmagan, ya’ni bir necha holatlar bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.

 

Eng muhim cheklov — yordamning jami summasi bir yilda o‘qituvchining lavozim maoshi (tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshmasligi kerak.