Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 20,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich mamlakatda ko‘rsatilgan umumiy bozor xizmatlari tarkibida 3,8 foizlik ulushni egallagan. Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida ta’lim xizmatlarining umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 3,9 foiz bo‘lgan edi.
Ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 46,4 % ni tashkil etgan.

