Maktab o‘quvchilari uchun biznes yo‘nalishi bo‘yicha Wharton Global High School Investment Competition tanlovi

Maktab o‘quvchilari uchun biznes yo‘nalishi bo‘yicha Wharton Global High School Investment Competition tanlovi

AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan Pensilvaniya universitetining Wharton biznes maktabi har yili dunyo bo‘ylab maktab o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari uchun Wharton Global High School Investment Competition tanlovini tashkil etadi.

 

 

Mazkur tanlov mutlaqo bepul bo‘lib, unda ishtirokchilar Wharton Investment Simulator (WInS) platformasi orqali virtual sarmoya kiritish jarayonida tajriba orttiradilar. Bu platforma ta’lim va moliya sohasi uchun dunyodagi yetakchi birja bozorini simulyatsiya qiluvchi tizimlardan biridir.

 

Kimlar qatnashishi mumkin?

 

Tanlovda 14–18 yosh oralig‘idagi 9–12-sinf o‘quvchilari 4–7 kishilik jamoa shaklida qatnashadi. Har bir jamoada ularni boshqarib, rag‘batlantirib turuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi bitta yetakchi o‘qituvchi bo‘lishi shart. O‘quvchilar faqat bitta jamoa tarkibida qatnashishi mumkin.

 

 

Uyda ta’lim oluvchi yoki shaxsiy o‘qituvchi bilan shug‘ullanadigan nomzodlar ham maxsus yozma murojaat orqali dasturga qo‘shilishlari mumkin.

 

Tanlov jarayoni

 

Wharton Investment Simulator (WInS) platformasida tanlov 2025-yil 30-sentyabrdan 6-dekabrgacha davom etadi.Dastur doirasida har bir jamoaga $100,000 virtual pul portfoliosini boshqarish vazifasi yuklanadi.

 

 

– sarmoya strategiyasini ishlab chiqish,

 

– kompaniya va tarmoqlarni tahlil qilish,

 

– jamoaviy hamkorlik va yetakchilik,

 

– muloqot va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Tanlovga jami 11 hafta ajratilgan boʻlib, shundan 10 haftasi treyding, qoʻshimcha bir hafta esa yakuniy hisobotni taqdim etish uchun ajratilgan. Ushbu vaqtni qanday taqsimlash, loyiha davomida qanchadan vaqt ajratish jamoaning oʻziga, tajribasi va qobiliyatiga bogʻliq.

 

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

 

Yetakchi o‘qituvchilar jamoalarini 2025-yil 17-iyundan 13-sentyabrgacha ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Bu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

 

Yetakchi o‘qituvchi shaxsiy kabinet yaratadi va maktab ma’lumotlarini kiritadi.

 

WInS platformasida jamoani ro‘yxatdan o‘tkazadi va sardorga login-parolni taqdim etadi.

 

 

Bir o‘qituvchi eng ko‘pi bilan 5 ta jamoaga rahbarlik qilishi mumkin.

 

 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

 

Foydali jihatlari

 

Barcha yarim final va final ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlanadi;

 

Finalga chiqqan jamoadagi har bir ishtirokchi Future of the Business World, Essentials of LeadershipMoneyball Academy: Training Camp FLEX yoki Moneyball Academy: Training Camp yozgi onlayn dasturlarida qatnashish imkonini qoʻlga kiritadi;

 

Final bosqichiga yetib kelgan 10 ta jamoa a’zolari Understanding Your Money kursida bepul ta’lim olishadi;

 

Tanlovga biznes taʼlimi boʻyicha jahon yetakchisi The Wharton School mezbonlik qiladi. Finalga chiqqan jamoalar AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan ushbu maktabga tashrif buyurish imkoniga ega boʻladi;

 

Ishtirokchilar qimmatli qogʻozlar va strategiyalarning qiziqarli dunyosi bilan tanishish, moliyaviy koʻnikmalarni oʻzlashtirish, jamoa bilan ishlash, yetakchilik va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, butun dunyo jamoalari bilan raqobatlashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

 

 

Eslatma: Tanlovning final bosqichi yaʼni, Global Finale in Philadelphiaga chiqqan jamoaning Filadelfiyaga borish-kelish, yashash va boshqa xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi. Lekin ular Filadelfiyaga bora olmagan taqdirda final bosqichida videokonferensiya orqali onlayn qatnashishlari mumkin.

 

 

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

 

Hujjat topshirish

 

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish jarayoni ikki bosqichda boʻlib oʻtadi:

 

1Birinchi bosqichda yetakchi oʻqituvchi oʻzi roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

 

Yetakchi maslahatchi shaxsiy kabineti uchun foydalanuvchi nomi va kalit soʻz oʻylab toping;

 

Ishtirokchilarning maktab elektron manzili va qoʻshimcha ravishda tanlov xabarlari joʻnatiladigan yana bir elektron manzilni koʻrsating;

 

Maktab nomi va veb sahifasi, shuningdek, maktab direktorining ism-familiyasi hamda manzilini kiriting;

 

Jamoa uchun ochilgan kabinetni havola qiling (5 tagacha).

 

 

2. Ikkinchi bosqichda yetakchi oʻqituvchi Wharton Investment Simulator (WInS) treyding platformasida jamoa aʼzolarini roʻyxatdan oʻtkazadi. Bu jarayon 2025-yil 17-iyundan 13-sentyabrgacha davom etadi va quyidagicha amalga oshiriladi:

 

 

– yuqori oʻng burchakdagi “Admin” soʻzining ustiga bosing;

 

– “Instructor Adminstration” soʻzining ustiga bosing;

 

– “Add Team” tugmasining ustiga bosing;

 

– foydalanuvchi nomini kiriting. Jamoa sardorining ism-familiyasini, elektron manzili va maktabni bitiradigan yilini kiriting. Eslatma! Qolgan jamoa aʼzolarining maʼlumotlari 2025-yil 18-oktyabrdan soʻng kiritiladi;

 

– “Submit” tugmasini bosing, soʻng platforma avtomatik ravishda kalit soʻzni chiqarib beradi;

 

– foydalanuvchi nomi va kalit soʻzni jamoa sardorlariga yetkazing;

 

– har bir roʻyxatdan oʻtish jarayoni shu ketma-ketlikka amal qilinadi. Bir yetakchi oʻqituvchi 5 tagacha jamoani boshqarishi mumkin;

 

Jamoalar 2025-yil 13-sentyabr Oʻzbekiston vaqti bilan soat 15:00dan kechikmagan holda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.

 

 

Eslatma: Oʻquvchilar oʻzlari ariza topshirishlari mumkin emas, aks holda tanlovga qatnashish uchun ruxsat berilmaydi. Oʻtgan yili tanlovda qatnashgan jamoalar bu yil uchun qaytadan ariza topshirishlari kerak boʻladi. Ariza topshirish davomida barcha soʻralgan qismlar toʻldirilishi kerak, badal puli mavjud emas. Shaxsiy kabinet har bir jamoa aʼzosi uchun alohida ochilmaydi, butun jamoa bir kabinet orqali qatnashadi.