2025-yilda 614 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 122 mingga kam.
Testga kirgan abituriyentlarning 253 844 nafari (41,2%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) ham to‘play olmagan.
O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz naq 6 foizga yaxshilanibdi. Masalan, 2022-yilda 51,2% abituriyent 56,7 balldan kamroq to‘plagan edi.
2025-yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
2023-yilda 8 ta hududda, 2024-yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko’prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan. Bu alohida et’iborga molik raqam.
O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9%
Navoiy — 8,9%
Sirdaryo — 8,1%
Buxoro — 7,8%
Qashqadaryo — 6%
56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas. 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.

