O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichi natijalari e’lon qilinish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichi natijalari e’lon qilinish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, 22-24-avgust kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan matematika, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichi bo’lib o’tgandi.

 

 

Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida Respublika boʻylab hududlar kesimida biologiyadan 4 755 nafar (79%) informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 043 nafar (76 %) ishtirokchilar qatnashgan.

 

 

Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazining ma’lum qilishicha, hozirda natijalar malakali ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

 

Natijalar nega darhol e’lon qilinmadi?

 

– ishtirokchilarning javob varaqalari markaziy tekshiruv uchun Toshkent shahriga yetkazildi;

 

– test topshiriqlari mutaxassislar tomonidan batafsil tahlil qilinmoqda;

 

– aniqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilinmoqda, deyiladi xabarda.

 

 

Natijalar 6-sentyabr kuni quyidagi tartibda e’lon qilinadi:

 

 

Matematika fani – soat 10:00 da,

Biologiya fani – soat 11:00 da,

Informatika va axborot texnologiyalari fani – soat 12:00 da.