Qaysi sohada ayollar ulushi pastligicha qolmoqda?

Qaysi sohada ayollar ulushi pastligicha qolmoqda?

G20 va boshqa xalqaro tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ayollar oliy ta’lim talabalarining umumiy sonida erkaklarni ortda qoldirgan bo‘lsa-da, STEM (science, technology, engineering, mathematics) yo‘nalishlarida erkaklardan ortda qolmoqda. UNESCO ma’lumotiga ko‘ra, ilmiy va texnik mutaxassisliklarni tugatgan bitiruvchilarning taxminan 35%ini ayollar tashkil etadi.

 

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar STEM bitiruvchilari orasida taxminan 35% atrofida. Boshqa manbalar bu soha ishchi kuchidagi ayollar ulushini 25–30% deb keltiradi (soha va mamlakatga qarab farq qiladi).

 

Nega ayollar yetishmaydi?

 

Ijtimoiy qadriyatlar va ayollarning roli— qizlar va ularning oilalari ba’zida ilm-texnika yo‘nalishlarini ayol kishiga “mos emas” deb hisoblaydi. O‘ziga ishonch yetishmasligi — tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qizlar ko‘pincha o‘z bilimlarini past baholaydi va STEMga kirishda ikkilanishadi. Yetarlicha namuna yetishmasligi— bu sohada yetakchi mavqega chiqa olgan ayollar kam.

 

Ish joyida rivojlanish va qulay sharoit yetishmasligi — moslashuvchan ish sharoitlari, ona sifatida mehnat bozorida davom etish qiyinligi.

 

Nimalar yordam berishi mumkin (dasturlar va siyosatlar):

 

–  erta yosh bosqichlaridan targ’ib qilish: maktabdan boshlab qizlarni tajriba va loyihalar orqali STEM bilan tanishtirish;

–  STEM ga yo’naltirish va grantlar: qizlar uchun ilmiy stipendiyalar, mentor-programmalar va qizlarni rag‘batlantiruvchi dasturlar;

–  mehnat bozorida ayollar uchun moslashish tadbirlari: ayollarga mos ish va karyera rivoji uchun dasturlar.

 

STEM sohasida ayollarning o‘rni oshishi nafaqat tenglik nuqtai nazaridan muhim, balki ilm-texnika salohiyatini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun ham zarurdir. Ta’lim tizimlari, ish beruvchilar va hukumatlar birgalikda aniq maqsadli choralar qabul qilishi kerak.