Ota-onalarning deyarli har o‘ntadan bittasi farzandining nima sababdan dars qoldirganini bilmaydi – tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O’zbekistondagi umumta’lim maktablarida davomat bilan bog’liq holat bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, 2022-yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib 82,5 foizga tushgan.

 

Hududlar bo’yicha davomatning eng past ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

 

Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

 

Predmetlar kesimida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida eng past davomat ko‘rsatkichlari o‘zbek tili va matematika predmetlarida kuzatilgan.

 

O‘rta sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o‘quvchilari orasida ham o‘zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past ko‘rsatkichlari kuzatilgan.

 

Ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, betob bo‘lib qolishi (75,4 foiz), ota-onasiga ishlarda yordam berishi (8,9 foiz), ota-onasi ishga chiqishi kerakligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaraydigan boshqa odam yo‘qligi (3,1 foiz), xususiy o‘qituvchi/repetitor bilan o‘qishi (1,7 foiz), maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi (1,1 foiz) o‘quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablardir. So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 8,5 foizi farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini aytgan.

 

PISA (o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda darslarni ketma-ket uch oy qoldirgan o‘quvchilar ulushi 18,5 foizni tashkil etgan (PISAda ishtirok etgan mamlakatlar orasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich 10,3 foiz). Bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalar orasida qiz bolalar orasidagi ko‘rsatkichga nisbatan yuqoriroq.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры