Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati eʼlon qilindi.
2024-2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar
belgilashda baholash uchun fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar
ROʻYXATI
T/r | Koʻrsatkichlar | Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha taʼrifi, uning natijalari (samaradorligi), qoʻllanilayotgan shakli va uslubi, oʻtkazilgan mashgʻulotlarning soni, oʻquvchilar qamrovining oʻrtacha soni | Oʻtkaziladigan olimpiada, tanlov va musobaqalar roʻyxati |
1. | *“Fan olimpiadasi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichlarida oʻquvchisining ishtiroki | Oʻquvchilarining olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari asosida baholanadi | I. Fan olimpiadalari:
1. Asosiy fan olimpiadasi; 2. Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO); 3. Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO); 4. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO); 5. Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO); 6. Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI); 7. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (Izho); 8. Kavkaz matematika olimpiadasi (CMO); 9. Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani); 10. Osiyo fizika olimpiadasi (APhO); 11. Osiyo — tinch okeani informatika olimpiadasi (APIO); 12. Xalqaro geografiya olimpiadasi (IGeo); 13. Xalqaro matematika musobaqasi (IMC); 14. Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO); 15. Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO); |
16. Xalqaro astronomiya olimpiadasi (IAO);
17. Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO); 18. Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada; 19. Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi; 20. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi; 21. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi; 22. Ahmad Al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi; 11.Koʻrik tanlov va musobaqalar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi; 2. Respublika miqyosida oʻtkaziladigan insholar tanlovi; 3. “Yil sardori” koʻrik-tanlovi; 4. “Eng namunali maktab sardorlari kengashi” koʻrik tanlovi; 5. “Eng namunali mahalliy sardorlari kengashi” koʻrik tanlovi; 6. “Eng namunali hududiy sardorlari kengashi” koʻrik tanlovi; 7. “Kamalak yulduzlari” koʻrik tanlovi; 8. “Kamalak bilimdonlari” koʻrik tanlovi; 9. “Bolalar va yoshlar teatr” jamoalari tanlovi; 10. “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak aʼzolari oʻrtasida “Kibersport” musobaqasini oʻtkazish; 11. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Dzyudo” boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi musobaqasi; |
12. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Gimnastika” sport turlari boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi musobaqalari;
13. Oʻquvchilar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini; 14. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali; 14. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yoshlar va qonun” tanlovi; 16. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi; 17. 10-14 yosh oʻquvchilar oʻrtasida “Kamalak bilimdonlari” koʻrik-tanlovi; 18. “Balli qizlar” koʻrik tanlovi; 19. Oʻquvchilar oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” turniri; 20. “Yil hikoyasi” koʻrik-tanlovi; 21. “Kitobxon maktab” koʻrik-tanlovi; 22. “Kitobxonlik festivali” tanlovi; 23. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari; 24. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Maktab ligasi” musobaqalari; 25. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” shiori ostida respublika birinchiligi; 26. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligi; 27. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Kurash milliy gʻururimiz” shiori ostida sportning kurash turi boʻyicha respublika birinchiligi; 28. “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasi; 29. “Yosh gvardiyachi” harbiy sport musobaqasi; 30. “Yosh chegarachi” harbiy sport musobaqasi; 31. “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasi; 32. “Yashil chiroq” koʻrik-tanlovining; |
33. “Yosh bojxonachi” koʻrik-tanlovining;
34. Huquqiy-maʼrifiy bilimdon ijodiy koʻrik-tanlovi; -“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi; — “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika koʻrik- tanlovi; 35. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Umid nihollari” sport musobaqalar; 36. “Zulfiya” davlat mukofoti; 37. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari; 38. “Bolalar ligasi” sport musobaqasi; 39. “Inson huquqlari” tanlovi; 40. “Qizlarjon” sammiti; 41. “ECO-Schools” loyihasi; 42. “Turon maktab” teatr tanlovi; 43. “Jadidlar izidan” respublika tanlovi; 44. Musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va hunarmandchilik boʻyicha Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlarining Vazirlik bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan koʻrik tanlovlari (vazirlik bilan kelishilmagan holda oʻtkazilgan koʻrik tanlovlar inobatga olinmaydi). |
|||
2. | *Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ishtiroki | Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi | Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi bilan maktab miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar. |
* Mazkur bandda keltirilgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar boʻyicha baholash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasidagi Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida koʻrsatilgan tartib boʻyicha baholanadi.