Taʼlim kreditini my.gov.uz orqali onlayn olish tartibi qanday?

Taʼlim kreditini my.gov.uz orqali onlayn olish tartibi qanday?

Qonunchilikka ko’ra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

 

–  oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. Shuningdek, yangi tartibga ko’ra, o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqori nbo’lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga va xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi.

 

Taʼlim krediti:

 

–  oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

–  oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

 

Bunda taʼlim krediti:

 

OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;

 

professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

 

 

Muhim! Quyidagi havola orqali ta’lim krediti uchun ariza berish va olish mumkin – Kreditga ariza berish