A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetiga ijrochi direktor tayinlandi

A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetiga ijrochi direktor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ulugʻbek Tashkenbayev Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.

 

 

U.Tashkenbayev ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Guliston davlat universiteti rektori, Samarqand davlat universiteti rektori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

 

 

Tayinlovga qadar Tashkenbayev Ulugʻbek Negmatovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.