56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkin. Bunday holatda abituriyentlar super kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak bo’ladi. Ushbu kontrakt oshirilgan super kontrakt hisoblanadi.
Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).
Eslatma! Agar abituriyent 54 ball olib, ammo kirish balli esa 57 ball bo‘lgan holatda ham oshirilgan super kontrakt to’laydi. Ya’ni, 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘lash imkoniyati yo’q.
56,7 balldan kam to‘plandimi, ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish balliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.
Yanada osonroq hisoblash uchun, har yili qabul komissiyasi super kontrakt narxlarini belgilaydi. Joriy yilgi narxlar belgilangandan keyin, ushbu narxni ikkiga ko’paytirish orqali oshirilgan super kontrakt qiymatini bilib olish mumkin.
Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma oshirilgan super kontraktga ham taalluqli.
