Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ajoyib natija qayd etildi — 60 nafar bitiruvchining barchasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu jumladan, 42 nafar o‘quvchi davlat granti asosida, 18 nafari esa kontrakt asosida talabalar safidan joy olgan.
