Ijtimoiy tarmoqlarda Farg’onalik ayol o’qituvchi o’zini osgani, bunga sabab esa, B2 sertifikati bo’lmagani haqida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu holatga Farg’ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagicha munosabat bildirdi:
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onada bir ayol o‘qituvchi o‘zini osibdi…» mazmunda tarqatilgan xabar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Mazkur xabarda Chet tilidan B2 sertifikati yo‘qligi uchun ishdan bo‘sha deb qattiq bosim bo‘lganligi haqida so‘z yuritilgan.
O‘rganish jarayonida Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mazkur holat aniqlanmadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!
Ma’lumki, Konstitutsiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Yodda tutish kerakki, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatish, bu harakаtlar bilan kimnidir kamsitish, obro‘sini to‘kish, sha’niga putur yetkazish, shuningdek, qasddan tashkilot yoki korxona nufuziga ziyon yetkazganlik uchun fuqarolik, ma’muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o’rnatilganini yana bir bor eslatib qo‘yamiz. – deyiladi xabarda
