Trener-oʻqituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

 Trener-oʻqituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

Hukumatning 2025-yil 7-avgust kunidagi 500-son qarori bilan “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga koʻra, davlat xizmati “ERP sport” tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan koʻrsatiladi. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

 

 

Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

 

‘‘ERP sport” tizimida maʼlumotlar toʻliq shakllangandan soʻng 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda malaka toifasi toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtiriladi.

 

Bu haqida avtomatik tarzda trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.

 

Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.