Malta davlatida ingliz tilini yaxshilash va IELTS ga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi

Malta davlatida ingliz tilini yaxshilash va IELTS ga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi

Yevropaning Malta davlatida joylashgan Maltalingua Ltd. maktabi dunyo boʻylab 18 yoshdan yuqori boʻlganlar uchun bepul ingliz tilini oʻrganish hamda IELTS imtihoniga tayyorlov kurslarini taqdim etadi.

 

 

Dastur 4 hafta davom etadi. Dasturning vaqti gʻolib ishtirokchi bilan kelishiladi.

 

 

Ushbu dastur doirasida nomzodlar ingliz tilini bepul oʻrganishlari va bepul qoʻllanmalarga ega boʻlishlari mumkin. Nomzodlar turar-joy bilan taʼminlanadi. Oziq-ovqat va xalqaro yoʻl xarajatlari ishtirokchi tomonidan qoplanadi.

 

 

Kimlar uchun: O’rta ma’lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi, Oliy ma’lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma’lumotli (magistr), PhD talabasi, Falsafa fanlari doktori.

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

 

 

Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan fuqarolar qatnashishi mumkin;

 

Ishtirokchilar 18 yosh va undan yuqori boʻlishlari lozim;

 

Har bir ishtirokchi bir marta ariza berishi lozim;

 

Maltalingua Ltd. maktabining ishchilari yoki ularning oila aʼzolari dasturda qatnasha olmaydi;

 

Grant dasturida ishtirok etish orqali ishtirokchi Maltalingua Ltd. talab qilishi mumkin boʻlgan reklama faoliyati va materiallarda ishtirok etishga rozi boʻladi;

 

Grant boshqa shaxsga oʻtkazilmaydi;

 

Grant va uning birorta qismi pul yoki boshqa mukofotga almashtirilmaydi;

 

Ishtirokchi Maltalingua Ltd tomonidan belgilangan vaqt oraligʻida grantdan foydalanish sanalarini tanlashi mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

– Bepul umumiy ingliz tili hamda IELTSga tayyorgarlik darslari olib boriladi;

 

– barcha kurs oʻquv materiallari va daraja testlari bepul beriladi;

 

– dastur yakunida nomzodga sertifikat taqdim etiladi;

 

– turar-joy bilan taʼminlanadi;

 

– aeroportdan maktabgacha olib ketib, keyin keltirib qoʻyish xarajatlari qoplanadi;

 

– nomzod toʻliq dam olish dasturiga kirishi mumkin;

 

– mahalliy doʻkonlar va restoranlar uchun talabalar chegirma kartasi beriladi;

 

– ishtirokchi maktab suzish havzasidan foydalanishi mumkin;

 

– nomzod dushanba kuni Malta taomlari bilan mazali kechlik qilishi mumkin;

 

– bepul SIM karta taqdim etiladi;

 

– yotoqxonada konditsioneridan bepul foydalanish mumkin;

 

– Netflix, DVD va oʻqish kitoblaridan bepul foydalanish huquqi beriladi.

 

 

Yuqoridagi ushbu imtiyozlarning barchasining umumiy qiymati €200ga teng. Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

 

Ariza topshirish:

 

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali berilgan ariza namunasini toʻldirishlari lozim.

 

 

Ariza namunasida ishtirokchining toʻliq ism-familiyasi, telefon raqami (mamlakat kodi bilan), e-mail pochtasi koʻrsatilishi, hamda “Why do you want to improve your English?” savoliga javob berilishi lozim.

 

 

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 31-avgust.