Bir guruh o‘qituvchilar attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelganligidan shikoyat qilmoqda.
Ayrim o‘qituvchilar kech soat 21:00 da testdan chiqqanligini aytmoqda. Shuningdek, pedagoglar platformadagi nosozliklar sabab ba’zi savollar avtomatik tarzda belgilanib qolganiga ham guvoh bo‘lishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, test savolliklari ham tarqalib ketgan, ayrim hududlarda esa elektr o‘chishi holati ham kuzatilgan.
