Pedagoglarning attestatsiyasida test savollari aks etgan suratlar tarqaldi

Pedagoglarning attestatsiyasida test savollari aks etgan suratlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglar attestatsiyasi malaka (test) sinovlari uchun tuzilgan savollar aks etgan suratlar tarqaldi.

 

«Ta’lim xabarlari»ning hududiy boshqarmalardagi manbalarining ma’lum qilishicha, bu borada aybdorlar aniqlanib tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati esa vaziyatni batafsil o‘rganib, yaqin orada rasmiy munosabat e’lon qilinishini bildirdi.