Beshta yo‘nalish tanlash majburiymi?
Yo‘q, abituriyent uchun beshta yo‘nalish tanlash shart emas.
Bu haqda BMBAining rasmiy axborotlarida ham, shaxsiy kabinet orqali yo‘nalish tanlayotganda ham maxsus ogohlantirish beriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun abituriyent kamida bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi shart. Lekin qolgan yo‘nalishlarni tanlash ixtiyoriy. Ya’ni, abituriyent xohlasa ikkita, xohlasa uchta, yoki to‘rta yo‘nalish tanlashi mumkin.
Hech qanday holatda «aynan beshta yo‘nalishni tanlash shart» degan qoida mavjud emas. Bu faqatgina maksimal chegara bo‘lib, imkoniyat sifatida berilgan.
Tanlovda qatnashuvchilar o‘z xohishi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qancha yo‘nalish tanlashlarini mustaqil hal qilishlari mumkin.
