Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi

2025-yil 29-iyul kuni Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi aviareysda kutilmagan holat yuz berdi — bortdagi yo‘lovchilardan biri hushidan ketib, yuragi tez urib, og‘ir ahvolga tushib qoldi. Aynan shu vaqtda samolyotda bo‘lgan Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Mohamed Anees o‘zining bilim va malakasini ishga soldi.

 

 

Voqea haqida Hindistonning Mathrubhumi News telekanali ham reportaj tayyorlagan.

 

 

“Parvoz vaqtida ekipaj a’zolari ‘Agar bortda shifokor yoki tibbiy xodim bo‘lsa, iltimos, o‘zini tanishtirsin’ degan e’lon berdi. Men darhol javob berdim va bemorga yordam bera olishimni aytdim. 48 yoshli ayolning yuragi tez urayotganini sezdim. Tekshiruvdan so‘ng unda taxikardiya xuruji borligini aniqladim. Shunda karotid massajini qo‘llab, birinchi yordamni ko‘rsatdim. 10–15 soniyadan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilana boshladi,” — deya voqeani eslab o‘tdi Mohamed Anees.

 

 

Samolyot Dehliga qo‘nganidan so‘ng, bemor zudlik bilan professional tibbiy xizmatga topshirildi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish