Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki bosqichli (test, jismoniy tayyorgarlik) imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.
Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:
yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.
Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi. Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
