Kasbiy ta’lim xodimlari uchun maosh tizimi o‘zgarishi mumkin

Kasbiy ta’lim xodimlari uchun maosh tizimi o‘zgarishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

 

 

2025-yil 1-sentabrdan boshlab o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun mehnatga haq to‘lashning yangi, tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Ushbu takomillashgan tizim Prezidentning PF–27-son (2023-yil 28-fevral) va PF–158-son (2024-yil 16-oktabr) Farmonlari asosida ishlab chiqilgan.

 

 

Asosiy o‘zgarishlar:

 

– O‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar stavkalariga tenglashtiriladi.

 

– Ishlab chiqarish ta’limi ustalari, psixologlar, rahbar xodimlar, xalqaro dasturlarda ishlovchilar uchun ham shunga o‘xshash tenglashtirishlar amalga oshiriladi.

 

– Akademik litseylar o‘qituvchilarining ish haqi ixtisoslashgan maktablardagi o‘xshash lavozimlarga moslashtiriladi.

 

– Ilmiy darajaga ega (PhD, DSc) pedagoglar oyliklari oliy ta’limdagi “katta o‘qituvchi” lavozimlariga tenglashtiriladi.

 

– 2026-yildan boshlab direktor va o‘rinbosarlar uchun KPI (samardorlik ko‘rsatkichlari) asosida qo‘shimcha ustamalar (10–20%) belgilanadi.

 

– Barcha to‘lovlar uchun moliyalashtirish 2025-yilgi byudjet doirasida boshlanib, 2026-yildan boshlab Davlat byudjeti orqali davom ettiriladi.

 

 

Qo‘shimcha tartiblar:

 

  • 6 ta ilova orqali mehnatga haq to‘lash tartibi, bazaviy stavkalar, ustamalar, xalqaro dasturlar bo‘yicha to‘lovlar aniq va ochiq belgilangan.

 

  • 3 oy ichida akademik litsey va texnikumlar xodimlarining yangi namunaviy shtatlari tasdiqlanishi belgilangan.

 

  • Qaror ijrosi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga yuklangan.

 

 

Eslatma, ayni paytda mazkur qaror jamoatchilik muhokamasida. Siz ham regulation.adliya.uz orqali tanishib, fikr bildirishingiz mumkin.

 

 

Manba: Regulation.adliya.uz — loyiha havolasi