Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi belgilangan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.