2025-yil 1–4-noyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida Young Leaders Union Paris 2025 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Dastur dunyoning turli davlatlaridan faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirib, ularni yetakchilik, tadbirkorlik, jamoat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) kabi global yo‘nalishlarda fikr almashish va tajriba orttirishga chorlaydi.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Konferensiyada quyidagi toifadagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin:
Maktab o‘quvchilari (quyi va yuqori sinflar),
Kollej va maktab bitiruvchilari,
Bakalavr va magistratura talabasi yoki bitiruvchilari,
PhD izlanuvchilari va doktorantlar,
Ijtimoiy faollar, volontyorlar, tadbirkorlar, siyosatchilar, murabbiylar, huquqshunoslar, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari va boshqa yosh yetakchilar.
Dastur tili: ingliz tili
Yosh chegarasi: mavjud emas — barcha yoshdagilar ishtirok eta oladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Nomzod yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim;
- Har bir ishtirokchi BMT barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shuvchi loyiha yoki tashabbus bilan qatnashishi tavsiya etiladi.
Dastur imkoniyatlari:
To‘liq grant:
– Aviabiletlar, viza, turar joy, oziq-ovqat va yashash xarajatlari to‘liq qoplanadi;
– Sertifikat va mukofotlar topshiriladi;
– Konferensiya uchun materiallar, shahar bo‘ylab ekskursiyalar va kechki marosimda ishtirok;
– Ilhomlantiruvchi nutqlarni tinglash, xalqaro jurnal va Yevropa nashrlarida shaxsiy hikoyani e’lon qilish imkoniyati;
– Buyuk Britaniyada ishlash imkoniyati ham berilishi mumkin.
Qisman grant:
– Ovqatlanish, materiallar, viza yordami, sertifikat va mukofotlar;
– Shahar bo‘ylab sayohat, konferensiya marosimlari, jurnalda e’lon qilish imkoniyati.
Moliyaviy yordam:
Sayohat yoki Parijda yashash xarajatlarining bir qismi uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi.
Eslatma: dasturda o‘z hisobidan qatnashuvchilar uchun konferensiya to‘lovi — 449 yevro. Bunday ishtirokchilar ham to‘liq grant egalari bilan teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Hujjat topshirish tartibi:
Rasmiy sahifa orqali ro‘yxatdan o‘ting;
Shaxsiy ma’lumotlaringizni, elektron pochta manzilingizni, rasm va pasport nusxangizni (jpg, jpeg, png yoki pdf formatda) yuklang;
Dasturda qatnashishdan ko‘zlangan maqsad va taklif qilinayotgan loyihangiz haqida ma’lumot bering;
Dasturning shartlari va talablarini diqqat bilan o‘qing.
Ariza topshirish badali: £18.75
So‘nggi ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-avgust
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Email: hello@edutourismforunity.org
office.edutourismforunity@gmail.com
EduTourism for Unity jamosi haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
