Endi Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 200 tagacha stipendiya ajratadi

Endi Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 200 tagacha stipendiya ajratadi
2025-yil 17-iyul kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Vengriya Hukumatlararo Iqtisodiy Hamkorlik bo‘yicha 10-yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 1-o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Vengriya Respublikasi Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyayrto “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturi bo‘yicha Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumiga Qo‘shimcha bayonnoma imzolandi.

 

 

Ushbu hujjatga ko‘ra, har yili Vengriya tomonidan o‘zbek fuqarolari uchun ajratiladigan ta’lim grantlari soni 200 tagacha oshirilgan. Shu munosabat bilan har yili 200 tagacha bo‘lgan o‘zbekistonlik talabgorlar Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida to‘liq grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

 

“Stipendium Hungaricum” dasturi orqali 2018-yildan beri O‘zbekistonlik yoshlar Vengriya OTMlarida o‘qib kelmoqda. Hozirgacha 400 dan ortiq talabalar ushbu imkoniyatdan foydalangan. Dastur bo‘yicha tahsil ingliz yoki venger tillarida olib boriladi. Yo‘nalishlar esa O‘zbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos holda tanlanadi.

 

Endi Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 200 tagacha stipendiya ajratadi

 

Vengriya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan ta’lim granti quyidagilarni qamrab oladi:

 

 

– kontrakt (ta’lim to‘lovi);

 

– turar joy;

 

– tibbiy sug‘urta xizmati;

 

– oylik stipendiya.

 

 

Faqat aviachipta xarajatlari talabaning shaxsiy mablag‘lari hisobidan qoplanadi.