Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumani hokimining qarori bilan tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.
Bunga 16–18-iyul kunlari ob-havo +40 darajadan yuqori boʻlishi sabab sifatida keltirilmoqda.
Bundan oldinroq “Oʻzgidromet” joriy yilning 17-19-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.
17-iyulda respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida, 18–20-iyul kunlarida hududning katta qismida havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +44…+45 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
17-iyul kuni uchun ob-havo prognozi
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, choʻl hududlarda baʼzi joylarda 30 darajagacha, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
