Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi qarori bilan, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan edi.
Ammo pedagoglar va jamoatchilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan. Ya’ni 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu talab barcha umumiy-o‘rta, o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.
