Kanadada joylashgan University of Toronto (Toronto universiteti) 2026-yil sentyabrda boshlanadigan bakalavr kurslari uchun Lester B. Pearson International Scholarship Program grant dasturini taklif etadi.
Bakalavrlik kurslari va ushbu grantga qabul jarayonlari 2025-yil 1-iyuldan boshlanadi.
Mazkur grant dasturi a’lo akademik yutuglarni qayd etgan, kreativ va o’z ta’lim muassasasida yetakchi sifatida tan olingan xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan. O’z ta’lim muassasasi va jamiyati hayotiga hissasini qo’sha olgan, kelajakda global hamjamiyatga ham ijobiy jihatdan hissa qo’shish potensialiga ega ekanlik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi.
Lester B. granti Toronto Universitetining eng nufuzli grant dasturi bo’lib, dastur doirasida har yili taxminan 37 nafar talabaga grant beriladi.
Ma’lumot uchun: Toronto universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2025-yil iyun oyi holatiga ko’ra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar ro’yxatida 21-o’rinni egallab turibdi (THE reytingi bo’yicha). Kanadaning o’zida esa Toronto universiteti 1-raqamli oliygoh hisoblanadi.
Grant kimlar uchun?
-
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun.
Batafsil ma’lumot uchun link: https://future.utoronto.ca/pearson/about/#about
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo’lga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan ta’minlanadi:
Talabaning o’quv kontrakt to’lovi to’lab beriladi.
Kitoblarga ketadigan xarajatlari qoplanadi.
Tasodifiy xarajatlar ham qoplanadi.
Talabaning 4 yil davomida yashash xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
Nomzod xalqaro talaba (Kanadadan boshqa davlat fuqarosi) bo’lishi kerak. Hozirda o‘rta ta’lim muassasida (maktab, litsey yoki kollejda) o‘qiyotgan yoki 2025-yilning iyun oyida o’rta ta’limni tamomlagan bo’lishi kerak.
Muhim sanalar:
Bakalavriat kursi va grantga arizalar qabulining ochilish muddati: 2025-yil 1-iyul.
Ta’lim muassasalariga o’quvchi nomzodini grantga tavsiya qilishning oxirgi muddati: 2025-yil 10-oktyabr.
Bakalavriat kurslariga OUAC tizimi orqali ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 17-oktyabr.
Bu ariza topshirishning oxirgi muddati bo’lsa-da, nomzodlarga imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya qilinadi, chunki ba’zi bakalavriat kurslariga qabul kvotalari to’lib qolishi mumkin.
Lester B. Pearson grantiga onlayn arizani to’ldirishning oxirgi muddati: 2025-yil 7-noyabr.
Muhim: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan ushbu havolaga o‘tib, murojaat qoldirish mumkin.
