Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekiston bo‘yicha 2025-yilning 1-iyul holatiga taʼlim sohasida 6 762 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.
Bu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan 932 taga yoki 16 % ga oshgan.
Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 2 218 ta;
Fargʻona viloyatida – 603 ta;
Toshkent viloyatida – 576 ta;
Samarqand viloyatida – 547 ta;
Xorazm viloyatida – 432 ta;
Namangan viloyatida – 375 ta;
Surxondaryo viloyatida – 363 ta;
Andijon viloyatida – 337 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 283 ta;
Buxoro viloyatida – 246 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 244 ta;
Navoiy viloyatida – 235 ta;
Jizzax viloyatida – 172 ta;
Sirdaryo viloyatida – 131 ta.
