Dissertatsiya himoyalari onlayn formatda tashkil etilishi mumkin

Dissertatsiya himoyalari onlayn formatda tashkil etilishi mumkin

Avvalroq, 1-iyul kuni AOKAda Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil qilingan “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” loyihasi boʻyicha davra suhbati tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.

 

Davra suhbatda Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maslahatchisi Bahodir Jovliyev “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” loyihasi boʻyicha yosh olimlar hamda tadqiqotchilar uchun muhim bo‘lgan bir qancha yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

 

Unga ko‘ra, yangi qabul qilinayotgan qarorda tizimdagi barcha jarayonlar onlayn amalga oshirilishi, uyda o‘tirgan holatda hujjatlarni taqdim etishdan tortib, himoya jarayonlarini onlayn o‘tkazish imkoniyatlari borligi haqida ta’kidladi.

 

 

Shuningdek, dissertatsiyalarni ilmiy jamoatchilikning elektron ekspertizasidan o‘tkazish asosida xattotlar sifati va samaradorligini ta’minlashga oid mexanizm ishlab chiqilayotganligi keltirilgan.

 

 

Bunda tadqiqotchilarning himoya jarayonlari onlayn tarzda YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkil etiladi. Bu orqali butun jamoatchilik tadqiqotlarni himoya qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari mumkin bo’lishi haqida ma’lum qilindi.